IELTS Vikipediya, ochiq ensiklopediya IELTS ( ingl. I nternational E nglish L anguage T esting S ystem ) — inglizzabon mamlakatda taʻlim olmoqchi, immigratsiya qilmoqchi yoki amaliyot oʻtamoqchi boʻlgan kishilar uchun test sinovi. Test ona tili ingliz tili boʻlmagan insonlarning bu tilni qanchalik chuqur bilishlarini aniqlashga yordam beradi. Avstraliya , Yangi Zelandiya davlatlariga immigratsiya maqsadida hujjat topshirganlar, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika, Britaniya, Irlandiya universitetlarida oʻqishni xohlaganlar IELTS testini topshirishlari kerak. IELTS imtihonining yakuniy bahosini tan oladigan dunyo universitetlari muntazam ravishda oshib bormoqda. Ballar Testning har bir bo'limi uchun ballar 1 dan 9 gacha bo'lgan shkalada o'lchanadi. So'ng 4 bo'lim bo'yicha o'rta ball hisoblanadi. Eng yuqori ball 9. 9 — tajribali foydalanuvchi — ekspert 8 — juda yaxshi foydalanuvchi 7 — yaxshi foydalanuvchi 6 — kompeten...