IELTS Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IELTS
IELTS (ingl. International English Language Testing System)
— inglizzabon mamlakatda taʻlim olmoqchi, immigratsiya qilmoqchi yoki
amaliyot oʻtamoqchi boʻlgan kishilar uchun test sinovi. Test ona tili ingliz tili boʻlmagan insonlarning bu tilni qanchalik chuqur bilishlarini aniqlashga yordam beradi.
Avstraliya, Yangi Zelandiya davlatlariga immigratsiya maqsadida hujjat topshirganlar, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika, Britaniya, Irlandiya universitetlarida oʻqishni xohlaganlar IELTS testini topshirishlari kerak. IELTS imtihonining yakuniy bahosini tan oladigan dunyo universitetlari muntazam ravishda oshib bormoqda.
Testning
har bir bo'limi uchun ballar 1 dan 9 gacha bo'lgan shkalada o'lchanadi.
So'ng 4 bo'lim bo'yicha o'rta ball hisoblanadi. Eng yuqori ball 9.Avstraliya, Yangi Zelandiya davlatlariga immigratsiya maqsadida hujjat topshirganlar, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika, Britaniya, Irlandiya universitetlarida oʻqishni xohlaganlar IELTS testini topshirishlari kerak. IELTS imtihonining yakuniy bahosini tan oladigan dunyo universitetlari muntazam ravishda oshib bormoqda.
Ballar
- 9 — tajribali foydalanuvchi — ekspert
- 8 — juda yaxshi foydalanuvchi
- 7 — yaxshi foydalanuvchi
- 6 — kompetent foydalanuvchi
- 5 — o'rtacha foydalanuvchi
- 4 — chegaralangan foydalanuvchi
- 3 — nihoyatda chegaralangan foydalanuvchi
- 2 — qisman foydalanuvchi
- 1 — foydalanuvchi emas
TAFE, kollejlar va trening kurslari uchun 5.5 miqdoridagi o'rtacha ball talab etiladi; 4.5 yoki 5.0 natijasiga erishish hollarida siz 5.5 ko'rsatkichiga ega bo'lish uchun shu o'quv yurti qoshidagi ko'pi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak bo'ladi. Demak, talabalik vizasini olish uchun IELTS General Training module bo'yicha o'tish balli 4.5.

Комментарии
Отправить комментарий